ERP

1C dan ERP ga o'tish: nima yutasiz, nima yo'qotasiz

Shahbozbek UsmonovShahbozbek Usmonov
Nashr etildi: 28-avgust, 20265 daqiqa o'qish
Ulashish
1C dan ERP ga o'tish: nima yutasiz, nima yo'qotasiz
Maqolada

Bu savol deyarli har korxonada bir xil eshitiladi: "bizda 1C bor, yana ERP kerakmi?"

Savolning o'zida chalkashlik bor. 1C - buxgalteriya tizimi, ERP esa operatsion tizim. Ular bir xil ishni qilmaydi va bir-birini almashtirmaydi.

Bu maqola ikkalasining vazifasini ajratadi va o'tish qanday ketishini ko'rsatadi.

Qisqa javob

Ko'p hollarda 1C almashtirilmaydi - u buxgalteriya hisobini yuritishda qoladi va ERP bilan integratsiya orqali bog'lanadi. ERP operatsiyani yuritadi: ombor, ishlab chiqarish, sotuv, ish haqi. Almashtirish faqat 1C operatsion tizim sifatida ishlatilayotganda va u jarayonni ushlab turolmayotganda mantiqli.

Ikki tizim, ikki vazifa

Buxgalteriya tizimi va ERP o'rtasidagi vazifalar taqsimoti

Buxgalteriya tizimi rasmiy hisobotni yuritadi: soliq, hisob-faktura, balans, moliyaviy hisobot. Uning mijozi - soliq organi va rahbariyat. U o'tgan davr bo'yicha ishlaydi.

ERP kundalik operatsiyani yuritadi: buyurtma qabul qilinadi, tovar omborga kiradi, ishlab chiqarish topshirig'i beriladi, xodim ishga keladi. Uning mijozi - sizning xodimlaringiz. U hozirgi payt bo'yicha ishlaydi.

Muammo shu yerda tug'iladi: ko'p korxona 1C ni operatsion tizim sifatida ishlatishga urinadi. U buni qila oladi, lekin noqulay va sekin - chunki u boshqa vazifa uchun qurilgan.

Qachon o'tish kerak

  • Ombor xodimi 1C ga kirmaydi - u daftarda yozadi, keyin buxgalter kiritadi
  • Qoldiq faqat buxgalter ma'lumot kiritgandan keyin yangilanadi
  • Ishlab chiqarish jarayoni tizimda umuman yo'q
  • Sotuvchi qoldiqni telefon orqali so'raydi
  • Ish haqi ishlab chiqarish hajmiga bog'liq, lekin qo'lda hisoblanadi
  • Hisobot faqat oy yopilgandan keyin chiqadi

Uchtasi bo'lsa - ERP kerak. Bu 1C yomon degani emas: shunchaki operatsiya u yerda emas, daftarlar va Excelda yuritilyapti.

Uch stsenariy

Amaliyotda uchta yo'l bor va ularning oqibati boshqacha.

1. 1C qoladi, ERP qo'shiladi. Eng ko'p uchraydigani. ERP operatsiyani yuritadi, kun oxirida ma'lumot 1C ga o'tadi va buxgalteriya o'z ishini davom ettiradi. Xodimlar 1C ga umuman kirmaydi.

2. 1C butunlay almashtiriladi. Faqat 1C operatsion tizim sifatida ishlatilayotgan va buxgalteriya autsorsda bo'lgan holatda mantiqli. Kam uchraydi va risk yuqoriroq.

3. 1C kengaytiriladi. Uning ustiga qo'shimcha modullar yoziladi. Arzon ko'rinadi, lekin har yangi talab yana ishlab chiqish demak va vaqt o'tib bu qimmatga tushadi.

Ko'pchilik korxona uchun to'g'ri javob - birinchisi.

Integratsiya qanday ishlaydi

Bu eng ko'p savol tug'diradigan qism.

Ma'lumot ikki yo'nalishda harakatlanadi. ERP dan buxgalteriyaga: sotuv hujjatlari, ombor harakati, ish haqi hisobi. Buxgalteriyadan ERP ga: kontragentlar, hisob-faktura holati, to'lovlar.

Almashinuv kun oxirida yoki real vaqtda bo'lishi mumkin. Ko'p holatda kunlik almashinuv yetarli - u sodda va arzonroq.

Nima ko'chadiYo'nalishChastota
Sotuv hujjatlariERP → buxgalteriyakunlik
Ombor harakatiERP → buxgalteriyakunlik
Ish haqi hisobiERP → buxgalteriyaoylik
Kontragentlar bazasiikki tomonlamareal vaqtda
To'lov holatibuxgalteriya → ERPkunlik

Integratsiya odatda ikki-uch hafta oladi va u loyiha narxida alohida qator bo'lib turishi kerak.

Eng ko'p uchraydigan xato

Integratsiyani loyiha oxiriga qoldirish. Tizim quriladi, keyin "endi buxgalteriya bilan bog'laymiz" deyiladi. Aslida integratsiya talabi ma'lumotlar tuzilishiga ta'sir qiladi - masalan mahsulot kodlari ikkala tizimda mos bo'lishi kerak. Buni boshida hisobga olmasangiz, keyin qayta ishlashga to'g'ri keladi.

Migratsiya tartibi

01
Ma'lumot auditi
Nima ko'chadi va nima qolаdi. Odatda faqat qoldiqlar, kontragentlar va mahsulot bazasi ko'chiriladi - butun tarix emas.
02
Kodlarni tenglashtirish
Mahsulot kodlari, IKPU va o'lchov birliklari ikkala tizimda bir xil bo'lishi kerak. Bu eng ko'p vaqt oladigan qadam.
03
Sinov migratsiyasi
Bir oylik ma'lumot ko'chiriladi va tekshiriladi. Shunda hajm va sifat oldindan ma'lum bo'ladi.
04
Parallel ish
Bir oy ikkala tizim birga ishlaydi. Bu qo'shimcha yuk, lekin u xatolarni to'liq o'tishdan oldin ko'rsatadi.
05
To'liq o'tish
Operatsiya ERP ga o'tadi, buxgalteriya 1C da qoladi, ma'lumot avtomatik almashinadi.

Nima yutasiz

Real vaqtdagi qoldiq. Ombor xodimi tizimga to'g'ridan-to'g'ri kiritadi, buxgalter oralig'i yo'qoladi.

Jarayon nazorati. Ishlab chiqarish topshirig'i, normativ va haqiqiy sarf - farq ko'rinadi.

Rol tizimi. Har xodim faqat o'z ishini ko'radi. 1C da buni sozlash murakkab va ko'pincha hamma hamma narsani ko'radi.

Mobil kirish. Ombor va sotuv xodimi telefondan ishlaydi.

Tannarx. Ishlab chiqarish ma'lumoti bilan bog'langan haqiqiy tannarx, oylik taxmin emas.

Nima yo'qotasiz

Bu bo'limni ko'p maqolalar yozmaydi, lekin uni bilish kerak.

Bir muddat ikki tizim. Parallel ish davrida xodimlar ikkala joyga kiritadi. Bu bir oy davom etadi va u charchatadi.

Buxgalter odati. Yillar davomida shakllangan tartib o'zgaradi. Buxgalteriya bo'limi odatda eng ko'p qarshilik ko'rsatadigan bo'lim bo'ladi.

Integratsiyaga bog'liqlik. Endi ikki tizim gaplashishi kerak. Ular gaplashmasa - muammo. Shuning uchun monitoring va SLA kerak bo'ladi.

Boshlang'ich xarajat. Migratsiya va integratsiya ish hajmining 20-30% ini tashkil qiladi.

Qancha turadi

$5,000-9,000Tayyor tizim bazasida, integratsiya bilan, 3-4 hafta
$45,000-90,000Korxona miqyosida, 6-10 modul, 14-16 hafta

Integratsiya odatda alohida 2-3 hafta va u yuqoridagi narxga kiritilgan bo'lishi kerak. Taklif olayotganda buni aniq so'rang.

Xulosa

Savol "1C ni almashtiraymi" emas. Savol shu: operatsiyangiz qayerda yuritiladi.

Amaliy qadamlar:

  1. Bugungi holatni yozing: ombor qayerda, ishlab chiqarish qayerda, ish haqi qayerda
  2. Agar ularning yarmi daftarda yoki Excelda bo'lsa - ERP kerak
  3. 1C ni almashtirmang, uni integratsiya orqali qoldiring
  4. Migratsiyada butun tarixni emas, faqat qoldiq va bazani ko'chiring
  5. Bir oy parallel ishlashni rejaga kiriting

Hozirgi tizimlaringizni ko'rib chiqamiz

30 daqiqada nima qayerda yuritilayotganini aniqlaymiz va o'tish qanday ketishini taxminiy muddat hamda byudjet bilan aytamiz.

Loyihani muhokama qilish
Shahbozbek Usmonov

Shahbozbek Usmonov

ShahNur Software asoschisi va CEO. ERP, avtomatlashtirish va real ishga tushadigan dasturiy ta'minot haqida yozadi.

Kompaniya haqida

Aloqador maqolalar

Loyihangizni 30 daqiqada baholaymiz

Loyihani muhokama qilish