Xizmatlar
Korxona jarayonlarini tizimga aylantiramiz. Aniq skoup, aniq summa.
Nima quramiz
ERP tizimi
Ombor, ishlab chiqarish, sotuv, kassa, ish haqi va hisobot bitta tizimda. Ma'lumot bir marta kiritiladi va hamma joyda ko'rinadi.
CRM tizimi
Mijoz, bitim va sotuv voronkasi bitta joyda. Menejer ketsa ham mijoz bazasi qoladi.
Hisobot va analitika
Real vaqtdagi ko'rsatkichlar. Oy oxirini kutmaysiz va Excel yig'masiz.
Avtomatlashtirish
Takrorlanadigan qo'l mehnatini tizimga o'tkazamiz. Odam qaror qabul qiladi, tizim bajaradi.
Mobil ilovalar
iOS va Android. Ombor xodimi, sotuvchi va rahbar uchun - har biriga o'z ekrani.
Integratsiyalar
Mavjud tizimlaringizni bir-biriga bog'laymiz. Hech narsani tashlash shart emas.
Web platformalar
Marketplace, portal, ta'lim platformasi yoki onlayn do'kon. Foydalanuvchi, to'lov va kontent bir tizimda.
AI yechimlar
Sizning ma'lumotingizga ulangan AI. Trend uchun emas - aniq bir vazifani hal qilish uchun.
Tayyor mahsulotlarimiz
Bular ishlab turgan tizimlar. Ular bazasida uch-to'rt haftada ishga tushiramiz - noldan qurishdan tez va arzon.
TunkaForm ERP
Ishlab chiqarish korxonalari uchun 11 modulli ERP
Face ID System
Yuz tanish orqali davomat, kirish nazorati va ish haqi
UZTAROZI+
Tarozi, transport va shartnoma nazorati, kamera bilan
OsonDokon
Onlayn do'kon: to'lov, yetkazib berish, Telegram mini-ilova
Zafar
Sotuv jamoasi uchun gamifikatsiya va KPI hisobi
Qanday ishlaymiz
Har yo'nalish uchun aniq format, muddat va narx. Batafsil narxlar sahifasida.
Qanday ishlaymiz
Har ikki haftada ishlaydigan versiya. Siz hisobot o'qimaysiz - tizimni ochib ko'rasiz.
Discovery va skoup
Jarayonni o'rganamiz, yozma skoup va aniq byudjet chiqaramiz
Arxitektura
Ekranlar, ma'lumotlar modeli va texnologiya tanlovi
Sprintlar
Har ikki haftada ishlaydigan versiya va demo
Test va sifat
Checklist bo'yicha test, yuklama va xavfsizlik tekshiruvi
Ishga tushirish
Deploy, monitoring, ma'lumot migratsiyasi va xodimlarni o'qitish
Qo'llab-quvvatlash
Kafolat davri, keyin SLA shartnomasi bo'yicha
Loyihangizni muhokama qilamiz
30 daqiqalik qo'ng'iroqda qaysi yechim to'g'ri kelishini aniqlaymiz.